Haftaning ikkinchi yarmi yomg‘irli o‘tadi
Bugun, 12:48

Haftaning ikkinchi yarmi yomg‘irli o‘tadi

Haftaning birinchi yarmida aksariyat hududlarda quruq ob-havo bo‘lishi, harorat +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Payshanbadan nam havo massalari barcha hududlarga tarqaladi. Harorat +20 darajagacha pasayib, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toshkent-Andijon pulli yo‘li 4,6 mlrd dollarga baholanmoqda — transport vaziri o‘rinbosari
Bugun, 11:49

Toshkent-Andijon pulli yo‘li 4,6 mlrd dollarga baholanmoqda — transport vaziri o‘rinbosari

Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini iyun oxirigacha tugatish reja qilinmoqda. U, shuningdek, trans-afg‘on temiryo‘li va boshqa loyihalar haqida ham gapirdi.

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
Bugun, 11:03

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning 2−3 balli ta’siri qo‘shni tumanlar, shuningdek, Qashqadaryoda sezildi.

Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi
Bugun, 10:58

Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi

Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi.

AQSh G‘azoda urush boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga o‘q-dori yetkazib berishni to‘xtatdi — OAV
Bugun, 10:53

AQSh G‘azoda urush boshlanganidan beri birinchi marta Isroilga o‘q-dori yetkazib berishni to‘xtatdi — OAV

Jo Bayden ma’muriyati AQShda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Isroilga yetkazib berishni to‘xtatdi, deb yozmoqda Axios. Bu bir martalik kechikishmi yoki yetkazib berishning vaqtinchalik to‘xtab qolishi — aniq emas. Ta’minotning to‘xtatilishi Isroilda xavotir uyg‘otdi, deya ta’kidladi nashr.

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medal oldi
Bugun, 10:12

O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medal oldi

Toshkentda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston 17 ta medalni qo‘lga kiritdi: 10 ta oltin va 7 ta kumush. Guruh mashqi dasturida qizlarning qo‘lga kiritgan oltini Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etdi.

Toshkent investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi — ISSV
Bugun, 09:45

Toshkent investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi — ISSV

Toshkent investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi. “Yangi Toshkent” infratuzilmasi, ma’lumotlar markazi va elektr stansiyalari qurish, Nukus, Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish va boshqa loyihalar rejala qilinmoqda.

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
Kecha, 13:30

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan hududlarida ham sezildi.

Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi ortidan ish jarayonini o‘zgartirmoqchi
Kecha, 11:10

Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi ortidan ish jarayonini o‘zgartirmoqchi

Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
Kecha, 09:44

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Rossiya IIV Zelenskiyni qidiruvga berdi
4 may 2024, 18:08

Rossiya IIV Zelenskiyni qidiruvga berdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. Uning qachondan beri qidiruvdaligi va qanday jinoyatda ayblanayotgani noma’lum. Shuningdek, Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko ham qidiruvga berilgan.

Chery Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi
4 may 2024, 15:00

Chery Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

ADM Global kompaniyalar guruhi 27-aprel kuni Buxoro viloyatida With Chery With Love tadbiri doirasida Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari egalarini jamladi.

Toshkent viloyatida ekoinspektorlarga hujum qilgan 2 brakoner ushlandi
4 may 2024, 13:57

Toshkent viloyatida ekoinspektorlarga hujum qilgan 2 brakoner ushlandi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi.

Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?
4 may 2024, 11:58

Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?

Chilonzor tumanida daraxt qulab, 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlaganlar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi. Hodisa sababli bitta avtomobilga ham zarar yetgan.

Onix TJMda kapital ta’mirlangan kottejlarni oldindan bron qilish boshlandi
4 may 2024, 11:00

Onix TJMda kapital ta’mirlangan kottejlarni oldindan bron qilish boshlandi

Onix turar joy majmuasidagi kottejlar uchun kapital ta’mirlash va kadastr bilan erta bron qilish imkoniyati mavjud.

“Men buni eshitmadim”. Energetika vaziri — “O‘ztransgaz”ning ishonchli boshqaruvga berilgani yo yo‘qligi haqida
4 may 2024, 10:54

“Men buni eshitmadim”. Energetika vaziri — “O‘ztransgaz”ning ishonchli boshqaruvga berilgani yo yo‘qligi haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz” savoliga javoban “O‘ztransgaz” (magistral gaz quvurlari operatori) ishonchli boshqaruvga berilishi mumkinligi haqida eshitmaganini ma’lum qildi. O‘tgan oy “O‘zbekneftgaz” “O‘ztransgaz” va uning qarzi bilan bog‘liq qator operatsiyalarni amalga oshirgandi.

Ohangarondagi to‘qayzor yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga salkam 460 mln so‘m zarar yetgan
4 may 2024, 09:48

Ohangarondagi to‘qayzor yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga salkam 460 mln so‘m zarar yetgan

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi
4 may 2024, 09:39

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi

Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘ldi
4 may 2024, 00:30

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan TePe Sigeman Chess Tournament 2024 turniri chempioniga aylandi. U tay-breykda Arjun Erigaysi va Pyotr Svidlerni mag‘lub etdi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi
4 may 2024, 00:00

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi

O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting